06:00 / 28.09.2019
3 368

Alp muzliklari erib ketish arafasida (video)

Alp muzliklari erib ketish arafasida (video)
Olimlar asr oxiriga kelib Alp muzliklarining 90 foizi erib bitishi haqida ogohlantirishmoqda. Bu haqda Darakchi.uz nashri xabar berdi.

Italiyaning Monblan massividagi qoyalardan 250 ming kub metr muz sutkasiga 50-60 santimetr tezlik bilan siljimoqda. Ushbu muz uyumi pastda joylashgan Ferr vodiysiga tushadi. Bu hududda aholi punktlari yo‘q bo‘lgani bois u qadar katta xavf hozircha mavjud emas. Biroq har ehtimolga qarshi vodiyda joylashgan Kurmayora tog‘-chang‘i kurortida evakuatsiya ishlari olib borilmoqda.

Shuningdek, tog‘ning Fransiya va Shveysariyaga tegishli hududlarida ham xavfsizlik choralari ko‘rilmoqda. Ekspertlar iqlim o‘zgarishlari jarayoni Alp muzliklari erishining tezlashishiga sabab bo‘layotganini ta’kidlashmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Alp muzliklari erib ketish arafasida (video)