09:10 / 28.09.2019
2 240

Xitoyda er xotinidan pul olish uchun o‘zining o‘g‘irlanishini uyushtirdi

Xitoyda er xotinidan pul olish uchun o‘zining o‘g‘irlanishini uyushtirdi
Xitoyning Guandun provinsiyasi politsiyasi qarta o‘yinida yutqazib qo‘ygan va xotinidan pul olish uchun o‘zining o‘g‘irlanishini uyushtirgan erkakni qo‘lga oldi. Bu haqda Beijing News gazetasi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, voqea Chjunshan shahar okrugida yuz bergan.

Xuan ismli erkak bor pulini qarta o‘yinida yutqazib qo‘yadi va bu yo‘qotishni xotinining puli evaziga qoplash uchun o‘zining o‘g‘irlanishini uyushtiradi. "O‘g‘irlanish" haqiqiydek chiqishi uchun u oyoq-qo‘llarini bog‘lab, og‘ziga tasma yopishtiradi. So‘ngra pul talab qilib o‘zining video va suratlarini xotiniga jo‘natadi.

Vahimaga tushgan ayol darhol politsiyaga xabar beradi. Politsiya surishtiruv o‘tkazib, "o‘g‘irlab ketilgan" erkakni hibsga oldi. U o‘z o‘g‘irlanishini uyushtirganiga iqror bo‘ldi va 10 kunga ma’muriy qamoq hamda 500 yuan jarima to‘lashga hukm qilindi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda er xotinidan pul olish uchun o‘zining o‘g‘irlanishini uyushtirdi