Amerika yahudiylari «okey» belgisini nafrat qo‘zg‘ovchi va «oq irqning ustunligi»ni ifodalovchi ramz deya tan oldi

  • 28 sentyabr 2019, 11:39
  • 696
  • Dunyo
  • Amerika yahudiylari «okey» belgisini nafrat qo‘zg‘ovchi va «oq irqning ustunligi»ni ifodalovchi ramz deya tan oldi
    Foto: USA Today
    Amerika yahudiylarining «Antidiffamatsion liga» nodavlat tashkiloti «okey» belgisini (bosh va ko‘rsatkich barmoqdan iborat xalqa) nafrat qo‘zg‘ovchi va «oq irqning ustunligi»ni ifodalovchi ramz deya tan oldi. Bu haqda CBC News xabar berdi.

    «Biz huquqni muhofaza qilish organlari va jamoatchilik ushbu tasvirlarning ahamiyati haqida to‘liq ma’lumotga ega bo‘lishi kerak, deb hisoblaymiz. Bu jamiyatda yoki maktabda nafratlanuvchilarning mavjudligi haqida birinchi ogohlantirish belgisi bo‘lib xizmat qilishi mumkin», — dedi tashkilot rahbarlaridan biri.

    Kamsituvchi belgi amerikalik Alt-o‘ngchilarning onlayn harakatida paydo bo‘lgan bo‘lib, «oq tanlilar qudrati» (White power) degan ma’noni anglatardi.
    Avvaliga u mem shaklida edi, lekin uning keng tarqalishi raqiblarning keskin reaksiyasiga olib keldi.

    Qayd etilishicha, ilgari ushbu belgi Yangi Zelandiyaning Kraystcherch shahridagi masjidlarda odamlarni otib o‘ldirishda gumon qilinuvchi tomonidan sudda namoyish etilgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Amerika yahudiylari «okey» belgisini nafrat qo‘zg‘ovchi va «oq irqning ustunligi»ni ifodalovchi ramz deya tan oldi