17:02 / 28.09.2019
5 146

BMT: Xitoyda chindan ham odamlarning ichak-chavog‘ini olishgan

BMT: Xitoyda chindan ham odamlarning ichak-chavog‘ini olishgan
Birlashgan Millatlar Tashkiloti inson huquqlariga g‘amxo‘rlik qildi va uzoq vaqtdan beri mavjud bo‘lgan kripipastani tasdiqladi. Xitoyda haqiqatan ham odamlarni ichak-chavog‘ini olishgan.

Xitoyda yashirin transplantologiyasi industriyasi xaqidagi voqealar kripipasta, deb hisoblangan va Xitoy hukumatning o‘zi bu haqidagi har qanday ma’lumotni xayolparastlik, deb atab kelgan.

Biroq, BMTning Inson huquqlari bo‘yicha kengashi, Xitoyda inson a’zolari chiqarib olinadi va oddiy fuqarolarniki sotiladi va bu birgina holat emas, balki sanoat miqyosidagi hodisalar hisoblanadi.

“Xitoy tribunali” jamiyatining advokati Hamid Sabi Jenevadagi BMT shtab-kvartirasida Inson huquqlari bo‘yicha kengash yig‘ilishida so‘zga chiqib, Xitoy hukumati siyosiy mahbuslar va diniy ozchilik vakillari ichki a’zolarini chiqarib olishgani haqida hisobotni o‘qib eshittirdi, deb xabar beradi Independent.

Tribunal o‘zining rasmiy portalida hisobotni joylashtirib, unga ko‘ra 1999 yildan buyon Xitoyda taqiqlangan Falngun ruhoniy guruhi vakillaridan, shuningdek, uyg‘ur musulmon ozchiliklari, tibetliklar va ba’zi nasroniy mazhabi vakillarining ichki a’zolari majburan olib tashlangan, degan xulosani keltirgan.

«Odamlar buyurtma bo‘yicha o‘ldirilgan. Ular tirikligidayoq tanasi ochilgan. Buyraklar, jigar, yurak, o‘pka, shox parda va terilar chiqarib olingan va keyin sotilgan».

Xamid Sabi Xitoyning Shinjon shimoli-g‘arbiy qismida uyg‘urlarni «qayta tarbiyalash» kompaniyasi, aslida ichki a’zolar banki sifatida ishlatilganini va jamoat a’zolari doimiy ravishda tibbiy ko‘rikdan o‘tkazilayotgani xaqida gapirib berdi.

Xitoy hukumati noqonuniy organ transplantatsiyasi haqidagi ayblovlarni rad etmoqda va 2015 yildan beri hatto qatl etilgan jinoyatchilarning jasadlari ham foydalanilmayotgani xaqida rasman ma’lum qilmoqda. Londonda joylashgan Tribunal hisobotini rasmiy Xitoy mish-mishlar tarqatish, deya aytmoqda.

Tribunal ichki a’zolarning transplantatsiyasi sohasi har yili Xitoyga 1 milliard dollardan ko‘proq daromad keltirishini taxmin qilmoqda. Sabi diniy ozchiliklarning ichki a’zolarini chiqarib olish uchun ta’qib qilishni genotsid bilan taqqosladi.

«Natsistlar tomonidan yahudiylarning zaharlanishi, “qizil kxmerlar” qirg‘in qilinishi yoki ruandalik tutsilarni o‘ldirilishi yurak va boshqa ichki a’zolarni tirik, beziyon va tinch odamlardan chiqarib olishdan ham yomonroq narsa bo‘lishi mumkin emas. Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a’zo har qanday davlat bunday jinoyatlarga qarshi kurashishi shart».

Xitoy Tribunali uning xulosalari Inson huquqlari bo‘yicha Kengashni Xitoyda ichki a’zolarni majburiy chiqarib olish holatlarini tergov qilish uchun BMT komissiyasini ochishga undashiga umid qilmoqda.

Manba: tarjumon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » BMT: Xitoyda chindan ham odamlarning ichak-chavog‘ini olishgan