21:30 / 28.09.2019
2 874

Germaniyada osmono‘par binoga chiqqan fransiyalik «o‘rgimchak odam» qo‘lga olindi

Germaniyada osmono‘par binoga chiqqan fransiyalik «o‘rgimchak odam» qo‘lga olindi
Foto: Reuters
Germaniya politsiyasi fransiyalik «o‘rgimchak odam» Alen Roberni Mayndagi Frankfurt shahrida osmono‘par binoga chiqqani uchun hibsga oldi. Bu haqda Kun.uz nashri xabar berdi.

Nashrning yozishicha, 57 yoshli alpinist shahardagi Skyper binosini zabt etgan. Politsiya Rober balandligi 153 metr bo‘lgan binoning eng yuqorisiga 20 daqiqa ichida chiqib-tushganidan so‘ng hibsga olgan. Unga nisbatan jamoat tartibini buzish va binoga noqonuniy tarzda kirish ayblovlari qo‘yilishi mumkin.

Osmono‘par inshootlarga hech qanday ehtiyot choralarisiz ko‘tariluvchi Rober shu yilning yanvarida Filippindagi GT International Tower binosiga chiqqani uchun politsiyasi tomonidan hibsga olingandi.

Rober 1994 yildan buyon dunyodagi mashhur baland binolarga chiqish bilan shug‘ullanadi. U o‘tgan davr ichida 130dan ortiq inshootlarga chiqqan bo‘lib, ular orasida dunyoda eng baland Burj Xalifa ham bor.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniyada osmono‘par binoga chiqqan fransiyalik «o‘rgimchak odam» qo‘lga olindi