Janubiy Koreyada yuk tashuvchi kema portladi (video)

  • 28 sentyabr 2019, 23:13
  • 617
  • Dunyo
  • Janubiy Koreyada yuk tashuvchi kema portladi (video)
    Foto: Reuters
    Janubiy Koreyaning Ulsan portida Stolt Groenland yuk tashuvchi kemasi portladi, deb xabar bermoqda «RIA Novosti»ga tayanib Daryo nashri.

    Kemada Kayman orollari bayrog‘i ostida neft mahsulotlari tashilayotgan bo‘lgan. Kema mahalliy vaqt bilan soat taxminan 10:51 da portlagan va yong‘in sodir bo‘lgan. Qayd etilishicha, hodisa vaqtida kemada bo‘lgan 25 nafar ekipaj a’zolarining 10 nafari, shu jumladan, kapitan ham rossiyalik yoki ukrainalik bo‘lgan. Ularning barchasi evakuatsiya qilingan.

    Yong‘in kema korpusiga tez tarqalgan va uning yonida prichalga bog‘langan Singapur bayrog‘i ostidagi Bow Dalian yuk kemasiga ham o‘tgan. Kemada 21 nafar ekipaj a’zolari bo‘lgan. Ular qaysi millat vakillari ekanligi noma’lum. Ular ham evakuatsiya qilingan.

    Hozirda 9 kishi jabrlangani ma’lum. Ulardan biri og‘ir ahvolda deb baholanmoqda. Jabrlanganlar orasida rossiyaliklar bor-yo‘qligiga hozircha aniqlik kiritilmagan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Janubiy Koreyada yuk tashuvchi kema portladi (video)