Boris Jonsonga qarshi jinoiy ish ochilishi mumkin

  • 29 sentyabr 2019, 10:15
  • 579
  • Dunyo
  • Boris Jonsonga qarshi jinoiy ish ochilishi mumkin
    Foto: Reuters
    Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonsonga nisbatan jinoiy ish ochilishi mumkin. Bu haqda Financial Times gazetasiga asoslanib Kun.uz xabar berdi.

    U 2008-2016 yillarda London meri bo‘lgan vaqtda mansabini suiiste’mol qilganlikda gumonlanmoqda.
    Nashrning yozishicha, Jonsonga nisbatan The Sunday Times gazetasida e’lon qilingan ayblovlar politsiya harakatini nazorat qilish mustaqil boshqarmasi (IOPC) tomonidan o‘rganilmoqda. Jonson London meri lavozimida faoliyat yuritgan chog‘ida poytaxt politsiyasi ishini boshqargan, shu bois IOPC zaruriyat tug‘ilsa shaharning sobiq rahbariga qarshi surishtiruv boshlash vakolatiga ega.

    Ayblovlar Jonson va amerikalik yosh tadbirkor ayol Jenifer Akuri o‘rtasidagi aloqalarga taalluqli. The Sunday Times nashri ma’lumotiga ko‘ra, Akuri 2013-2014 yillarda o‘z biznesini rivojlantirish uchun davlat granti sifatida 126 ming funt sterling olgan.

    Shuningdek, Jonsonning bosimi ostida Akuri Isroil, Malayziya, Singapur va AQShga borgan uchta Britaniya delegatsiyasi tarkibiga kiritilgan.

    Gazetaning yozishicha, Jonson ayolning London markazidagi xonadoniga tez-tez borib turgan.
    Hozirda Buyuk Britaniyada Jonson hukumati va Britaniya parlamentidagi muxolif kuchlar o‘rtasida keskin siyosiy kurash ketmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Boris Jonsonga qarshi jinoiy ish ochilishi mumkin