Fidel Kastroning Putinga maslahatlari

  • 29 sentyabr 2019, 11:00
  • 1 430
  • Dunyo
  • Fidel Kastroning Putinga maslahatlari
    Foto: «TASS»
    The Daily Express nashri Kubaning marhum sobiq rahbari Fidel Kastro Putinga bergan maslahatlari borasida qiziqarli maqola e’lon qildi. Maqolada Rossiya prezidenti o‘ziga uyushtirilgan suiqasdlardan keyin Fidel Kastroga murojaat qilgani borasida amerikalik rejissyor Oliver Stounga intervyu davomida ochiqlagani haqida yoziladi.

    2016 yil noyabr oyida 90 yoshida vafot etgan Kastroga hayoti davomida 600 martadan ko‘proq suiqasd uyushtirilgan. Shu suiqasdlardan eng mashhuri MRB tomonidan uyushtirilgan «portlovchi sigara» voqeasidir.

    2012 yilda bir guruh chechen jangarilari Putin harakatlanayotgan avtomobil yo‘liga mina qo‘yib, portlatib yuborishga uringan edi. Bu haqda o‘sha paytlar The Times ham xabar qilgan.

    2008 yili Qizil maydonda Putinni o‘ldirmoqchi bo‘lganini aytgan odam hibs etilgan edi.
    Suiqasdlar haqida gapirarkan, Putin o‘z tansoqchilariga ishonishini aytib shunday deydi: «Men o‘z ishimni qilaman, himoya odamlari o‘z ishini bajaradi. Muvaffaqiyat bilan. Men ularga ishonaman».

    So‘ng Stoun KGBning sobiq agentidan o‘z taqdiri haqida qanday o‘ylashini so‘ragan. Putin muloqot jarayonida «bizning ham, sizning ham taqidiringiz yolg‘iz Xudoga ayon. Barchasi siz va biz bu o‘tkinchi dunyoda nima qilishimizga bog‘liq» degan fikrni aytgan.
    Bu intervyu keskin va sovuqqonlik bilan ish ko‘radigan kuchli va hokimiyatparast Putinning xarakterini ko‘rish imkonini berdi.

    Hozir Rossiyada haqiqiy saylov o‘tkazilishi talabi bilan bog‘liq norozilik tufayli Putin siyosatini diqqat bilan kuzatishmoqda. Aleksey Navalniyning aqlli ovoz taktikasi hududiy saylovlarda «Yedinaya Rossiya» partiyasining obro‘si va natijalariga katta zarba berdi.

    Endi Putin saylovchilarga ma’qul bo‘lish uchun o‘z boshqaruvini yumshatishi mumkin, amalda esa so‘nggi voqealar buning teskarisini ko‘rsatyapti. Saylovdan so‘ng politsiya butun Rossiya bo‘ylab Navalniyning ofislarida tintuv o‘tkazdi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Fidel Kastroning Putinga maslahatlari