11:28 / 29.09.2019
3 558

Kashmir sabab Hindiston va Pokiston o‘rtasida urush chiqadimi?

Kashmir sabab Hindiston va Pokiston o‘rtasida urush chiqadimi?
Foto: Google Photos
Pokiston bosh vaziri Imron Xon Hindiston bahsli Jammu va Kashmir shtatida keskin jazo choralari qo‘llayotgani tufayli ikki orada yangi urush chiqishi mumkinligi haqida bayonot berdi, deb yozadi The Time nashri.

Bayonot ortidan Donald Tramp uch kun ichida ikki marta tinchlikka erishish maqsadida Narendra Modi bilan uchrashdi. Tramp Modini olqishlar ekan, ikki tarafni murosaga chorladi. BMT sammitida chiqish qilar ekan, Imron Xon Modini irqchilikda aybladi. Hind millatchisi Modi hukumati Kashmirda komendatlik soati joriy qilgan va aholisining katta qismi musulmon bo‘lgan bu hududni tashqi aloqadan uzib qo‘ygan.

«Kashmir xalqini 50 kundan beri 900 ming askar siquvda ushlab turibdi. Ommaviy qamoqqa olish, yopiq kasalxonalar, yalpi axborot qamali yuz bermoqda», – dedi Imron Xon.

Kashmir tufayli Hindiston–Pokiston mojarosi 1940-yillarning oxirlarida boshlangan. Kashmirliklarning aksariyati hind hukumati askarlaridan norozi.

Modi Kashmirdagi o‘zgarishlarni himoya qilib, uning maqsadi mintaqani islomiy ayirmachilardan himoya qilish ekanini aytmoqda. Modi tarafdorlari uning bu siyosatini olqishlamoqda.

Xon urush haqida gapirgan bo‘lsa-da, Tramp Modi haqida iliq fikrda. Seshanba kungi muloqot jarayonida Tramp Modini ma’lum va mashhur Elvis Presliga qiyosladi. Yakshanba kuni Xyustonda Tramp Modi uchun dabdabali qabul marosimi uyushtirdi.

Jurnalistlarga yuzlanar ekan, Tramp Modi bilan uchrashuv va suhbat unga yoqqanini, u bilan suhbatlashish boshqalarga qaraganda o‘zgacha ekanini ta’kidladi.

O‘z navbatida, Modi ham Trampni maqtovlari bilan siyladi: «U aniq mening do‘stim. U aniq Hindistonning ham do‘sti».

Kashmir borasidagi qarama-qarshilik masalasiga kelganda Donald Tramp har ikki tarafni bitimga chaqirdi. Dushanba kuni Xon bilan o‘tkazgan uchrashuvda Tramp «biz hammamiz tinchlik istaymiz» deb aytdi.

Xon shu hafta dunyo rahbarlari oldida Kashmir masalasini ko‘tardi. U Modi bilan uchrashuv o‘tkazishga qiziqmadi. «Afsuski, hozirda Hindistonda irqchi hindlar hukumat tepasida qolmoqda», deb ta’kidladi Imron Xon.

Xon, shuningdek, Trampga Eron rahbari Ruhoniy bilan yadroviy keskinlik masalasida muzokara uyushtirishga vositachi bo‘lishini ham aytib o‘tdi. Xon bu borada tafsilotlarga to‘xtalmagan bo‘lsa-da, Tramp keskinlikni to‘xtatishni so‘ragach, dushanba kuni Ruhoniy bilan gaplashib ko‘rishini aytdi.

«Bu borada qo‘limizdan kelganini qilamiz», – deb aytdi Pokiston rahbari.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kashmir sabab Hindiston va Pokiston o‘rtasida urush chiqadimi?