12:23 / 29.09.2019
2 825

Ekologiya siyosatini o‘zgartirgan qiz

Ekologiya siyosatini o‘zgartirgan qiz
Foto: Google Photos
The Bloomberg axborot nashri 16 yoshli Greta Tunbergning BMTda chiqishi ortidan katta siyosat sahnasida yosh ekologiya himoyachisi nutqi qanday aks sado bergani haqida maqola chop etdi.

Sent-Lyusi rahbari «Greta bizni asosli ravishda tanqid qildi, biz shunga arziymiz», deb fikr bildirdi. Tramp kutilmaganda sammitda paydo bo‘ldi, Rim papasi esa sammit ishtirokchilariga videomurojaat yo‘lladi.
Dushanba kuni dunyo rahbarlari va yirik kompaniyalar egalari BMT sammitida to‘planib, ishonchni oqlamasha olmayotganini e’tirof etdi.

16 yoshli shvetsiyalik Greta Tunberg «Sizlar quruq va’dalaringiz bilan mening bolaligim va orzularimni o‘g‘irladingiz. Qanday jur’at qilyapsiz?!», deb nutq so‘zladi.
Hech kim unga qarshi chiqa olmadi. Aksincha, ko‘pchilik uning nutqini olqishladi.

Dushanba kuni BMT Bosh assambleyasining ikki haftalik sammiti bilan yonma-yon ravishda BMT iqlimiy harakati sammitida bosh kotib Antonio Gutterish dunyo rahbarlarini parnik gazlari chiqarilishini cheklashga va sayyoramizdagi issiqlik darajasi ko‘tarilishining oldini olishga jiddiyroq yondashib, majburiyatlar olishga chaqirdi. Sammitda vaqti-vaqti bilan Germaniya kansleri Angela Merkel, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron, Hindiston bosh vaziri Narendra Modilarning aybdorlik ohangidagi irodlari yangradi. Kutilmaganda bu yerga Tramp ham keldi, ammo so‘zga chiqmadi.

Davlatlar va kompaniyalar dunyo iqlimi isishiga qarshi milliardlab dollar sarflashga tayyor ekanini bildirdi, ammo hech kim amalga oshirayotgan ishidan tashqari majburiyat olishni istamadi.
Dunyo iqlimi isishiga eng katta ta’sir o‘tkazayotgan AQSh va Xitoy rahbarlarining bu sammitda chiqish qilmagani yaqqol ko‘zga tashlandi.

Sobiq davlat kotibi Jon Kerri «Biror-bir mamlakat o‘z ishini qilmayapti. Farzandlarimiz ko‘chaga chiqib, bizga tanbeh berishga urinayotgani bejiz emas» dedi.
Dushanbadagi iqlim sammiti asosiy jihatlari.

Optimizm hissi
Sammit arafasida Antonio Gutterish davlat boshliqlarida muammoni kechiktirib bo‘lmaslik hissini uyg‘otishga urindi. Davlat boshliqlarini asr oxiriga borib sayyora 3 daraja haroratga isishi borasida ogohlantirdi. Qayg‘uli ma’lumotlarga qaramay, davlat rahbarlari hali kech emasligini, muamoning oldini olish mumkinligini ta’kidladi.

Trampning kutilmagan tashrifi
Kutilmaganda Donald Tramp Maykl Pens va Mayk Pompeo hamda ma’muriyat boshlig‘i vazifasini bajarayotgan M. Malvayni bilan sammitga tashrif buyurdi. U Gretaning chiqishini tingladi.

Iqlim o‘zgarishi borasida o‘z hissasini qo‘shayotganini ko‘rsatish maqsadida yakshanba kuni iqlim to‘g‘risidagi tadbirni boykot qilmoqchi emasligini bildirib, Xyustondagi toshqin borasidagi brifingda o‘zining iqlim borasidagi muammolardan xavotirda ekanini bildirishga harakat qildi. Tramp unda kibr yo‘qligi, juda bandligini, toshqinlar va iqlimiy o‘zgarishlardan xavotirda ekanini ta’kidladi.

Trampga hujumlar
Ammo bu Tramp tanqidchilarini to‘xtata olmadi. Trampni bundan oldin ham 2017 yilda Parij bitimidan chiqqani uchun tanqid qilishgan.
Kaliforniya gubernatori Gevin Nyusom «iqlim masalasida prezidentimizning mensimaslik munosabati bizga kelajakda qanday ta’sir qilishini bilmayman. Mening qanotlarim sindi», degandi.

Xitoy tashqi ishlari vaziri Van I «dunyo AQShsiz ham iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashishi mumkin»ligini aytdi.
Vashington gubernatori Jey Insli «hech bir mamlakat iqlim o‘zgarishlarini rad etayotgan Tramp ortidan qoyadan sakramaydi», deb ta’kidladi.

Rossiyaning sovg‘asi
3,5 yilga orqaga qadam tashlashdan keyin Rossiya prezidenti Parij bitimini tasdiqlashga qaror qildi. Bu qaror ko‘proq iqlimiy o‘zgarishlarga qo‘shilishdan ko‘ra geosiyosiy diplomatiya va iqtisodiy manfaatdorlikday ko‘rindi. Fransiya rahbari bu qarorni «kutilmagan sovg‘a» deb atadi.

Yangi noroziliklar
BMT sammiti ishtirokchilari iqlimiy o‘zgarishlarni muhokama qilayotgan bir paytda Vashington ko‘chalarida iqlimiy siyosat tarafdorlarining namoyishlari davom etdi. Ekotadbir faollari «Hayot uchun qo‘zg‘al!», «Haqiqatni so‘zla!» shiorlari bilan ko‘cha harakatini to‘sib qo‘ydi.

Germaniya va Britaniya harakatni kuchaytiradi
Germaniya iqlimiy o‘zgarishlarga qarshi kurashda rivojlanayotgan mamlakatlarga 4,4 milliard dollar ajratishga va’da berdi. Bu avvalgi va’da qilingan mablag‘dan ikki barobar ko‘pdir. Merkel bu muammoni birgalikda hali qilish kerakligini va maummoni sanoati rivojlangan mamlakatlar keltirib chiqarganini alohida qayd etdi.

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson iqlimiy o‘zgarishlarga qarshi kurashish uchun rivojlanayotgan mamlakatlarga moliyaviy yordam dasturini besh yil mobaynida 14,4 milliard dollarga yetkazishga va’da berdi. Oldingi majburiyat 7,2 milliard dollarga teng edi.

Korporatsiyalar majburiyati
Korporatsiyalar qayta tiklanadigan energiya vositalarini sotib olish va uglerod chiqarishni kamaytirishga ko‘plab va’dalar berdi. Amazon kompaniyasi 2040 yilgacha mahsulotlarni yetkazish uchun 100 ming elektromobilga buyurtma berishni va’da qildi.

Google kompaniyasi qayta tiklanadigan energiya vositalarini katta hajmda sotib olishini ta’kidladi.
Elektr jihozlar ishlab chiqaruvchi eng yirik Schneider Electrics kompaniyasi 2025 yilgacha ugleroddan foydalanishni 0 foizgacha tushirishni bayon qildi.

13 ta eng yirik neft-gaz sohasida faoliyat yuritadigan kompaniyalar issiqlik gazini ushlab qoluvchi texnologiyalar uchun eng yirik sarmoya kiritishlarini ma’lum qildi.

BMT bosh kotibi 77 davlat shunday ulkan va’dalar bilan tashabbus ko‘rsatgani iqlimiy o‘zgarishlarga qarshi kurashda taraqqiyot ekanligini aytdi. U barchani yashil iqtisodiyotga o‘tishga da’vat etdi.
Jahongir Ergashev tayyorladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ekologiya siyosatini o‘zgartirgan qiz