12:50 / 29.09.2019
2 878

Sovetlar britaniyaliklarni qanday qilib josuslikka yollagan?

Sovetlar britaniyaliklarni qanday qilib josuslikka yollagan?
The Times nashri sovet razvedkasi ingliz millatiga mansub kemrijliklani o‘z josusi sifatida ish ko‘rishga yollagani haqida maqola chop etdi. Maqola 1934 yildagi voqealar qanday rivojlanganiga batafsil to‘xtaladi.

1934 yil iyun oyida Rijent-parkda sovet razvedkasi yollovchisi Arnold Doych va Kembrij universitetining yosh bitiruvchisi Kim Filbi (Britaniya tarixidagi eng mashhur josus) o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tgan. Bu uchrashuvda Kembrij josuslik yacheykasining tashkil etilishi, Kim Filbining MI6 da uzoq davom etgan faoliyati britan maxsus xizmati uchun haligacha davom etayotgan janjalga aylandi.

Oradan 29 yil o‘tgach, 1963 yilda Kim Filbi uchrashuv qay tarzda o‘tgani, nimalar haqida kelishilgani haqida esda qolarli va shov-shuvga sabab e’tirof bitilgan asar yozdi. Asarda yozilishicha, Kim Filbining dastlabki uchrashuvini avstriyalik kommunist ayol Litsi Fridman tashkil qilgan. Filbi uchrashuvda «Otto» taxallusli agent bilan josuslik ishlari olib borish tartibi, Kembrijdagi keyinchalik yollash mumkin bo‘lgan boshqa kommunistlar haqida ma’lumot to‘plash haqida topshiriq olgan.

Filbi The Times nashrining xorijdagi muxbiri sifatida ishlar ekan, MI6 ning josusi sifatida ham ishga joylashgan. Urushdan so‘ng Vashingtondagi bo‘limni boshqargan. U MI6 xizmatini tashkil qilishda faol qatnashgan.

Filbi boshchiligidagi josuslik tarmog‘i «Kembrij beshligi» nomini olgan. Beshlik deb atalgan bo‘lsa-da, josuslar ancha ko‘p bo‘lgani taxmin qilinadi. 1951 yilda Filbining do‘stlari Moskvaga qochib ketgach, asosiy shubha uning o‘ziga tushgan. Uni MI6 xizmatidan iste’foga chiqishga majbur qilishgan, ammo u javobgarlikka tortilmagan. Bayrutda faoliyat yuritar ekan, bir paytning o‘zida ham KGB, ham MI6 ga ishlashda davom etgan.

1961 yilda Filbining aybi to‘la isbotga ega bo‘lgach, MI6 Bayrutga uning ortidan kuzatish uchun do‘sti Elliotni yuborgan. Elliot Filbining kvartirasini eshitib borgan, barcha eshitganlarini MI6 ga yetkazgan. Filbi dastlab KGBga ishlaganini rad etgan, keyin ikki enlik xat yozib, tavba qilgan. Uning tavba-tazarrusi yarmi yolg‘on, yarmi chin edi. U Elliotga urushdan so‘ng Rossiyaga ishlamay qo‘yganman deb aytgan. Bu esa yolg‘on edi. Elliot Filbiga bor aybini ochiqchhasiga tan olishi, unga foyda keltirishini aytgan va kuzatuvni to‘xtatib, AQShga uchib ketgan. Shundan so‘ng Filbi Rossiyaga qochib o‘tgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sovetlar britaniyaliklarni qanday qilib josuslikka yollagan?