08:48 / 30.09.2019
4 379

Rossiyalik olimlar armanistonlik qizning ko‘zidan «to‘kilayotgan» kristallar tarkibini aniqlashdi

Rossiyalik olimlar armanistonlik qizning ko‘zidan «to‘kilayotgan» kristallar tarkibini aniqlashdi
Rossiyalik olimlar Armanistondagi qishloqlardan birida yashovchi 22 yoshli Satenik Kazaryanning ko‘zidan to‘kilayotgan kristallar tarkibini aniqlashdi. Bu haqda NTV telekanali xabar bermoqda.

Telekanal muxbirlari Stenikning uyida bo‘lganlarida uning ko‘zidan har 3-4 soatda o‘ntagacha kristall bo‘laklari olinayotgani haqida aytildi. Muxbirlar bir necha bo‘lak kristallni Rossiyadagi gemologiya laboratoriyasiga ekspertiza uchun olib borishdi. Bu yerda ular oddiy shisha ekanligi aniqlandi.

«Organizmda shisha hosil bo‘lmasligi ilmiy isbotlangan fakt. Kazaryan ruhiy buzilish — Myunxgauzen sindromi bilan og‘rigan bo‘lishi mumkin. Bu holatda inson ongli ravishda o‘ziga o‘zi ziyon yetkazadi», — deydi mutaxassislar.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiyalik olimlar armanistonlik qizning ko‘zidan «to‘kilayotgan» kristallar tarkibini aniqlashdi