09:15 / 30.09.2019
3 142

Afrika g‘arbida 200 ga yaqin delfin o‘zini plyajga otdi

Afrika g‘arbida 200 ga yaqin delfin o‘zini plyajga otdi
130 dan ko‘proq delfin Afrikaning g‘arbida joylashgan Kabo-Verde orol-davlatining plyajiga o‘zini otib nobud bo‘ldi. Bu haqda Independent nashri xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, 200ga yaqin delfin o‘zini qirg‘oqqa otgan.
Plyajdagi odamlar delfinlarni suvga qaytarishga uringanlar, biroq ko‘p holatlarda ularning urinishlari besamar ketgan.

Suvga qaytarilgan delfinlar yana qirg‘oqqa otilgan. Oqibatda 136ta jonivor nobud bo‘lgan.
Mamlakat rasmiylari olimlardan dengiz jonzotlarining bunday g‘ayrioddiy harakatlari sababini tushuntirishni so‘ragan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Afrika g‘arbida 200 ga yaqin delfin o‘zini plyajga otdi