15:36 / 30.09.2019
2 485

Parijda 30-sentyabr - Milliy motam kuni deb eʼlon qilindi

Parijda 30-sentyabr - Milliy motam kuni deb eʼlon qilindi
Fransiya oʻzining sobiq prezidenti Jak Shirak bilan vidolashmoqda. Mamlakatda 30-sentyabr - Milliy motam kuni deb eʼlon qilingan, bayroqlar tushirilgan.

Jak Shirakni xotirlash uchun 80 mamlakat rahbarlari Parijga yetib kelmoqda.

Parijdagi nogironlar sobori oldida ommaviy marosim boʻlib oʻtdi, unda faqat sobiq prezidentning yaqinlari qatnashdi. Dafn marosimi qadimgi Parijdagi Sen-Syulpis cherkovida boʻlib oʻtadi.

U yerda Shirakning qarindoshlari, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron va chet el rahbarlari ishtirokida xotira marosimi oʻtkaziladi.
Jak Shirak Fransiya prezidenti sifatida 12 yil - 1995 dan 2007-yilgacha ishlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Parijda 30-sentyabr - Milliy motam kuni deb eʼlon qilindi