Xitoyning PetroChina neft-gaz kompaniyasi mamlakatning shimoli-g‘arbiy qismida 1 milliard tonnadan ortiq zaxiraga ega yangi neft konini topdi, deya xabar beradi “Kapital.kz” nashri.
Ma’lum bo‘lishicha, yangi kon Gansu viloyatidagi Ordos havzasida topilgan. “Neft zaxiralarining tasdiqlangan hajmi - 358 million tonna, taxmin qilingan zaxiralar hajmi - 693 million tonna deb baholanmoqda, bu esa umumiy zaxirasi 1 milliard tonna bo‘lgan yirik neft konining ochilishini anglatadi”, - deyiladi kompaniya ma’lumotida.
Shunday qilib, ushbu kon dunyodagi eng katta yuzlikka kirishi mumkin. Shu bilan birga, topilma rekord sifatida qayd etilmadi. Saudiya Arabistonidagi dunyodagi eng katta Al-Gavar konlaridan biri 12 milliard tonnagacha neft, Rossiyadagi eng yirik Samootlor koni esa taxminan 7 milliard tonna neft zahirasiga ega.
Bundan tashqari PetroChina Xitoyning janubiy markazidagi Sichuan havzasida 1 milliard kubometrdan ortiq slanetsli gaz konini topgan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi