AQShda yo‘qolgan "sharpa kema" topildi

  • 30 sentyabr 2019, 18:55
  • 1 252
  • Dunyo
  • AQShda yo‘qolgan "sharpa kema" topildi
    Amerikalik qidiruv tizimlari Verxneye ko‘lida (Minnesota shtati) 1901 yilda cho‘kib ketgan va mahalliy aholi tomonidan “sharpa kema” deb nom olgan Hudson kemasini topishdi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.

    Kema yoz o‘rtalarida 250 metr chuqurlikdan topilgan, ammo bu haqda faqat hozir ma’lum bo‘lgan. Kemani qidirishda gidrolokator ishlatilgan, keyinchalik tadqiqotchilar uni suratga olishga muvaffaq bo‘lishgan. Ularning so‘zlariga ko‘ra, 1888 yilda qurilgan kemaga hech narsa qilmagan.

    Zig‘ir va bug‘doy yuklagan kema 1901 yilning 15 sentyabrida Dulut portidan chiqib ketgan, shundan so‘ng u kuchli bo‘ronga tushib, g‘oyib bo‘lgan. Ertasi kuni ushbu hududda joylashgan mayoqchaning qo‘riqchisi u “noma’lum” kemaning halokatini ko‘rganligini aytgan, ammo halokat haqida boshqa biror dalil topilmagan.

    Faqatgina 1901 yilning 20 sentyabrida mahalliy baliqchilar kemaga tegishli bir nechta qoldiqlarni, shuningdek bir nechta ekipaj a’zolarining jasadlarini topgan, ammo halokat joyi va qolgan dengizchilarning taqdiri noma’lumligicha qoldi. Bundan tashqari, keyingi o‘n yilliklarda, mahalliy aholi orasida kema hali ham “sharpa kema" kabi ko‘lda suzib yurgani haqida mish-mishlar tarqalgan.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » AQShda yo‘qolgan "sharpa kema" topildi