Pul o‘zgartira olmagan odam qanday yashayapti?

  • 30 sentyabr 2019, 19:21
  • 1 609
  • Dunyo
  • Pul o‘zgartira olmagan odam qanday yashayapti?
    Foto: «Mixnews»
    AQShning Men shtatida yashovchi 65 yoshli traktorchi Bobbi (Robert) Styuart juda omadli inson — lotereyasiga bir emas, ikki marta jekpot chiqqan, millioner, ammo traktoridan tushay demaydi. Bu haqda «Daily Mail»ga tayanib "Xabar" nashri yozmoqda.

    Shu yilning may oyida Bobbi Styuartning lotereyasiga 1 million dollar chiqqandi. Qaranki, oradan to‘rt oy o‘tib, yana lotereya sotib olsa 100 ming dollar chiqib turibdi...

    Robert Louell Styuart. Foto: «Daily Mail»
    Dollarli millioner Styuartga bu pullar zig‘ircha ham ta’sirini o‘tkazgani yo‘q: hamon Kennebankport qishlog‘idagi eski treylerida yashayapti, hamon traktori bilan daladan chiqqani yo‘q.
    «Umuman olganda, hayotimda katta o‘zgarish sezmadim. Oldin nima qilgan bo‘lsam, hozir ham davom etiryapman», — deydi uning o‘zi.

    Styuartning aytishicha, dalada ish ko‘payib ketganidan, birinchi jekpotni olib kelishga bir hafta kech borgan ekan. Tushlikni ham o‘zi o‘rgangan arzon oshxonada qiladi.

    Traktorchidan chiqqan millioner na bir yangi mashina sotib oldi, na uy qurdi, sayohatga ham chiqqisi yo‘q. Pulni to‘g‘ri ishlatishda maslahat beruvchi advokat yoki moliyachiga borishdan ham bosh tortdi.

    Buning o‘rniga pullarning bir qismini uch nafar farzandiga taqsimlab, ko‘ngillaring tusagan ishni qilaveringlar dedi. Darvoqe, to‘ng‘ichi Gregning ham omadi chopib, lotereyadan bir marta 250 ming dollar yutib olgan.

    «Tanish-bilishlarim mendan otang yangi uy sotib olsa bo‘lmaydimi, deb so‘rab qolishadi. Shunchaki xohlamaydi, vassalom», — deb qutulaman deydi Greg.
    Hatto treylerini yangilab berishmoqchi bo‘lishganida katta Styuart oyoq tirab oldi: «Turaversin, o‘zimnikidan qo‘ymasin!».

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Pul o‘zgartira olmagan odam qanday yashayapti?