Foto: EPA
Kiyev meri Vitaliy Klichko uni Kiyev shahar davlat ma’muriyati boshlig‘i lavozimidan olib tashlash to‘g‘risidagi qarori uchun Ukraina hukumati, bosh vazir Aleksey Goncharuk va mamlakat prezidenti ma’muriyati rahbari Andrey Bogdanni sudga berdi.
Klichko o‘z da’vosida hukumatning uni lavozimidan bo‘shatish to‘g‘risidagi prezidentga taqdimnomasini noqonuniy deb topishni so‘ragan. Klichkoning ta’kidlashicha, uning Kiyev shahar boshlig‘i sifatidagi vakolatlari 2020 yil noyabrda tugaydi.
Bogdanga qarshi da’vosida esa u prezident ma’muriyati rahbari vazirlar mahkamasiga uni lavozimidan bo‘shatishga asos bo‘lib xizmat qilgan xat kiritib o‘z vakolatini suiiiste’mol qilganini bildirgan. Merning qayd etishicha, bunday masalalar bevosita prezident va hukumat vakolatiga kiradi.
Avvalroq Ukraina hukumati Klichkoning Kiyev shahar davlat ma’muriyati rahbarligidan bo‘shatilishini ma’qullagandi. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi