06:34 / 01.10.2019
4 573

Turkmaniston chegarachilari Afg‘oniston tomonidan muntazam o‘qqa tutilmoqda

Turkmaniston chegarachilari Afg‘oniston tomonidan muntazam o‘qqa tutilmoqda
Turkmanistonning Afg‘oniston bilan chegara hududida harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlarning ota-onalari chegarachilarning qo‘shni mamlakat tomonidan muntazam ravishda o‘qqa tutib kelinayotganidan shikoyat qilmoqda.

Shegaraning Lebap viloyati Kerki shahridagi 9 hamda 11-bo‘linma xizmat o‘taydigan qismlari xavfli hisoblanadi. Askarlar deyarli har kuni o‘qlar yomg‘iri ostida qolmoqda. So‘nggi haftalarda Mari va Bolqon viloyatidan kelib xizmatni o‘tayotgan ikki nafar askar yaralangan va ayni vaqtda shifoxonada davolanmoqda.

Askarlar yetishmayotgani tufayli chegarachilarni o‘quv harbiy qismlarida tayyorlash vaqti uch oydan bir yarim oyga qisqargan. Natijada hali maxsus tayyorgarlik va otish ko‘nikmalarini to‘plab ulgurmagan komandir rotalari, aloqa, moddiy ta’minot hamda faxriy qorovul qo‘shinlarining a’zolari chegaraga yuborilmoqda.

Odatda chegarani qo‘riqlashda yetti kilometrgacha bo‘lgan hududda yer maydoni belgilab beriladi. Agar maydon uzunroq bo‘lsa, naryadga otlar yoki BTR qo‘shib berilishi lozim.

Shaxsiy tarkibda odam sonining kamligi sabab bo‘linmalar orasidagi masofa uzoqlashgan. Texnika va otlar bo‘lmaganligi uchun askarlar masofani piyoda bosib o‘tmoqda. Bunday uzoq oraliq masofa bilan yurgan vaqtlarda bo‘linmalar hujum vaqtida bir-biriga yordamga yetib kelishga ulgurolmay qolishi ham mumkin.

Askarlar ota-onalariga ovqatlar sifatining yaxshi emasligidan ham shikoyat qilgan. Navbatchilikka ketayotganlarga bir buxanka non va bir flyaga suv berilmoqda. Konserva hamda boshqa kerakli jihozlar berilmayapti.

Askarlar turkman tomonining harbiy tayyorgarligini tekshirish maqsadida afg‘on tomoni yoki ularning diqqatini chalg‘itish maqsadida kontrabandachilar o‘qqa tutayotgani taxmin qilinmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Turkmaniston chegarachilari Afg‘oniston tomonidan muntazam o‘qqa tutilmoqda