08:13 / 01.10.2019
2 651

Saudiya neft ob’ektlariga dronlar hujumi aks etgan video e’lon qilindi

Saudiya neft ob’ektlariga dronlar hujumi aks etgan video e’lon qilindi
Foto: CBS News
AQShning CBS News telekanali 14 sentyabrga o‘tar kechasi Saudiya Arabistonining milliy neft kompaniyasi — Saudi Aramco ob’ektlariga dronlar yordamida uyushtirilgan qaqshatqich hujum kadrlarini e’lon qildi.

Videokuzatuv kameralaridan olingan roliklarda snaryadlar neft rezervuarlariga qulayotgani va shundan so‘ng zavod hududi alanga bilan qoplanganini ko‘rish mumkin. Oldin bu kadrlar e’lon qilinmagandi.

Kanal bu kadrlarni Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmondan olingan intervyu bilan to‘ldirdi. Unda shahzoda hujum maqsadini Eron rasmiylarining «ahmoqligi» bilan izohlagan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Saudiya neft ob’ektlariga dronlar hujumi aks etgan video e’lon qilindi