11:10 / 01.10.2019
2 645

Salvadorda o‘ndan ko‘proq politsiyachi 48 ta qotillik uchun qo‘lga olindi

Salvadorda o‘ndan ko‘proq politsiyachi 48 ta qotillik uchun qo‘lga olindi
Foto: RIA Novosti
Dunyoning eng xavfli davlatlaridan hisoblangan Salvadorda 14 nafar amaldagi va 4 nafar sobiq politsiyachi 48 ta qotillikni sodir etgani uchun qo‘lga olindi. Bu haqda mamlakat bosh prokurori Raul Melara ma’lum qildi.

“Biz a’zolari 48 ta qotillikni sodir etishda va Morasan, San-Migel departamentlarida jinoiy guruh tashkil etishda aybdor bo‘lgan jinoiy tarmoq faoliyatiga chek qo‘ydik. Uning tarkibiga 14 nafar amaldagi va 4 nafar iste’fodagi politsiyachi kirgan, ularning barchasi qo‘lga olindi”, deb ma’lum qilgan bosh prokuror.

Jinoyatchilar o‘z qurbonlari uylariga tintuv qilish vaji ostida kirib borishgan.
Salvador Lotin Amerikasining jinoyatchilik darajasi yuqori bo‘lgan davlatlaridan biri hisoblanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Salvadorda o‘ndan ko‘proq politsiyachi 48 ta qotillik uchun qo‘lga olindi