Bezos Amerikaning eng boy kishilari ro‘yxatida qatorasiga ikkinchi bor yetakchi bo‘ldi

  • 01 oktyabr 2019, 21:13
  • 590
  • Dunyo
  • Bezos Amerikaning eng boy kishilari ro‘yxatida qatorasiga ikkinchi bor yetakchi bo‘ldi
    Amazon onlayn-riteyleri asoschisi va rahbari Jeff Bezos Amerikaning eng boy 400 kishisi ro‘yxatida qatorasiga ikkinchi bor yetakchi bo‘ldi. Bu haqda Forbes jurnali xabar berdi.

    Nashr Bezosning boyligini 114 milliard dollar deb baholadi. O‘tgan yili uning boyligi 160 milliard dollar deb baholangandi.

    Qayd etilishicha, biznesmenning “yo‘qotishi” uning xotini Makkenzi bilan “dunyodagi eng qimmat ajrashish” deb nom olgan ajrashish jarayoni yakunlangani bilan bog‘liq. Biznesmenning sobiq xotini uning Amazon kompaniyasidagi ulushining chorak qismini oldi.

    Eng boy 400 amerikalikning to‘liq ro‘yxati Forbes saytida 2 oktyabrda e’lon qilinadi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Bezos Amerikaning eng boy kishilari ro‘yxatida qatorasiga ikkinchi bor yetakchi bo‘ldi