08:00 / 02.10.2019
3 378

Tayvandagi ko‘prikning qulashi videoda qayd qilindi (foto, video)

Tayvandagi ko‘prikning qulashi videoda qayd qilindi (foto, video)
Foto: Channel NewsAsia
Tayvanning Ilan uyezdida arkali ko‘prik quladi. Ushbu vaziyat videoda qayd qilinib, u bilan Singapurning Channel NewsAsia telekanali bo‘lishgan.

Voqea 1 oktyabrda yuz berdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea vaqtida u orqali benzin tashuvchi mashina o‘tayotgan bo‘lgan va u ko‘prik bilan birga pristan ustiga qulab, yonib ketgan. Shuningdek, inshoot ostida baliqchilar qayiqlari bo‘lgan va ko‘plab odamlar suvga tushib ketgan. Ularni qutqarish va yong‘inni o‘chirish bilan favqulodda xizmatlar va harbiylar shug‘ullangan.

O‘t o‘chirish xizmatida kamida 10 kishi, jumladan benzin tashuvchi mashina haydovchisi shifoxonaga yotqizilgani ma’lum qilingan.



Ko‘prikning qulashi sababi hozircha noma’lum. Biroq, ba’zi taxminlarga ko‘ra, yaqinda orol orqali o‘tgan to‘fon 1999 yilda qurilgan ko‘prikni zaiflashtirgan bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Tayvandagi ko‘prikning qulashi videoda qayd qilindi (foto, video)