16:30 / 02.10.2019
2 860

Hamshira pitssa va chipsli diyetada 76 kilogramm vazn tashladi

Hamshira pitssa va chipsli diyetada 76 kilogramm vazn tashladi
Angliyaning Tavistok shahrida hamshira pitssa va chips yeyiladigan muvozanatli ovqatlanish tartibiga o‘tdi va 76 kilogramm yo‘qotdi. Uning hikoyasi Daily Mirror nashri tomonidan nashr etilgan.

Mendi Koulz bolaligidan semirishdan aziyat chekkan. “Men juda to‘lachadan kelgan bola edim”, — deb eslaydi ayol. — O‘smirligimda esa yanada semirib ketdim va tengdoshlarim meni masxara qila boshladi. Men ovqatdan taskin topardim va yana vazn to‘play boshlardim».

Ayol bir necha bor vazn yo‘qotishga harakat qilgan. U maxsus dorilar qabul qilgan, gipnoterapiyalar o‘tab, qat’iy diyetalarga o‘tirgan. Biroq, natija vaqtinchalik bo‘lib, u tez orada avvalgi vazniga qaytardi. Qiyin tug‘ruqdan so‘ng, ayol vazn yo‘qotish guruhiga yozilishga qaror qildi.

Kilogrammni yo‘qotish dasturi Koulzga o‘z diyetasiga kaloriya chegaralariga mos keladigan sevimli ovqatlarini kiritish imkonini berdi. “Ushbu vazn yo‘qotish dasturidagi eng yaxshi narsa bu hech narsa taqiqlanmaganligidir. Agar o‘g‘lim bilan sayr qilayotganda muzqaymoq iste’mol qilmoqchi bo‘lsam, o‘zimni chegaralamasam ham bo‘ladi”, — deya tushuntirdi ayol.

Qo‘llab-quvvatlash guruhi va ovqatlanish tartibi tufayli ayol bir yilu ikki oy ichida 73 kilogrammgacha vazn yo‘qotdi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Hamshira pitssa va chipsli diyetada 76 kilogramm vazn tashladi