18:30 / 02.10.2019
2 386

Nyu-Yorkda muhojirlarni tahqirlaganlar 250 ming dollargacha jarimaga tortiladi

Nyu-Yorkda muhojirlarni tahqirlaganlar 250 ming dollargacha jarimaga tortiladi
Nyu-York hukumati muhojirlik hamda milliy kelib chiqish bo‘yicha diskriminatsiyaga barham berish borasida yangi qoidalarni tasdiqladi.

Yangi qoidalar jamoat joylarida xodimlar, ish beruvchilar, shuningdek, uy-joyni ijaraga beruvchilarga nisbatan qo‘llaniladi. Yangi qoidaga ko‘ra, diskriminatsiyani oldini olish maqsadida «noqonuniy migrant» iborasini ishlatish taqiqlandi.

Shuningdek endi mehmonxona xodimlariga o‘z ona tilida gaplashishni taqiqlash, kvartira egalarining unda yashovchilar o‘rtasida mojaro kelib chiqqanda migratsiya xizmatiga shikoyat qilish bilan tahdid qilishi yoki biror bir vaziyatda «ingliz tilida gapirish yoki o‘z yurtiga ketish»ni talab qilish diskriminatsiya deb hisoblanadi.

Qayd etilishicha, yangi reglamentni buzganlar 250 ming dollargacha jarimaga tortiladi. Nyu-Yorkda qariyb 3,2 million aholi AQShdan tashqarida tug‘ilgan bo‘lib, ularning yarmi Amerika fuqarolari emas.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Nyu-Yorkda muhojirlarni tahqirlaganlar 250 ming dollargacha jarimaga tortiladi