15:45 / 02.10.2019
2 450

Olimlar yangi yoqilg‘i turini koinotda sinab ko‘rishdi

Olimlar yangi yoqilg‘i turini koinotda sinab ko‘rishdi
Foto: «Ferra.ru»
Amerikaning «Momentus» startapi bosh direktori Mixail Kokorich ta’kidlashicha, uning kompaniyasi suv-plazmali motorni, shuningdek, «Vigoride» kosmik apparatining boshqa tarkibiy qismlarini ochiq koinot sharoitida muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi, deb ma’lum qiladi "Xabar" nashri.

«Orbitadagi sinov birinchi marta mikroto‘lqinli elektrotermik plazma texnologiyasi suv yoqilg‘isidan foydalangan holda yuqori o‘ziga xos impulsga erishish potensialiga ega ekanini ko‘rsatdi», — deydi Kokorich «SpaceNews» nashri jurnalistlari bilan muloqotda.

Ma’lumot o‘rnida, u o‘z vaqtida Novosibirsk davlat universitetining fizika fakultetini tamomlagan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, «Momentus» yangi tipdagi motorni boshqa kosmik apparatda sinovdan o‘tkazish bilan shug‘ullanishni davom ettiradi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar yangi yoqilg‘i turini koinotda sinab ko‘rishdi