Tramp demokratlar boshlagan impichment jarayonini davlat to‘ntarishi deb atadi

  • 02 oktyabr 2019, 17:43
  • 489
  • Dunyo
  • Tramp demokratlar boshlagan impichment jarayonini davlat to‘ntarishi deb atadi
    Foto: REUTERS
    AQSh prezidenti Donald Tramp o‘ziga nisbatan vakillar palatasi boshlagan impichment jarayonini davlat to‘ntarishi deb atadi.

    «Bo‘lib o‘tayotgan jarayon impichment emas, davlat to‘ntarishi degan xulosaga kelyapman», — deb yozdi Tramp Twitter sahifasida. Uning so‘zlariga ko‘ra, bularning bari odamlarning ovozi, ularning erkinligi, dini, armiyasi, chegaradagi devor va Qo‘shma Shtatlar fuqarolarining huquqlarini olib qo‘yish uchun qilinmoqda.

    Avvalroq Tramp videomurojaat bilan chiqib Demokratik partiyaning harakatlari «ulkan yolg‘on» ekanligini aytgandi.
    25 sentyabr kuni vakillar palatasi raisi demokrat Nensi Pelosi Trampga nisbatan impichment jarayoni boshlanganini e’lon qilgandi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Tramp demokratlar boshlagan impichment jarayonini davlat to‘ntarishi deb atadi