Moskvaning Basman sudi Rossiyaning eng yirik aviakompaniyasi «Aeroflot» bosh direktori o‘rinbosari Vladimir Aleksandrovni 250 mln rublni o‘g‘irlash ishi bo‘yicha hibsga oldi.
Davlat ayblovi Aleksandrovni uy qamog‘iga o‘tqazishni so‘ragan. Gumonlanuvchining o‘zi esa o‘ziga nisbatan tergov izolyatorida saqlash bilan bog‘liq bo‘lmagan ehtiyot chorasini ko‘rishni iltimos qilgan. Tergov esa huquq-tartibot idoralarining sobiq xodimi va keng aloqalarga hamda katta moliyaviy imkoniyatlarga ega bo‘lgan Aleksandrov ozodlikda qolsa, tergovga xalaqit qilishi, jumladan yashirinishi, guvohlarga bosim o‘tkazishi va dalillarni yo‘q qilib yuborishi mumkinligini ta’kidlagan.
Himoya bu xavotirlar hech nima bilan asoslanmaganini, Aleksandrovning aybdorligi isboti yo‘qligini aytgan. Advokatlar Aleksandrov aybini tan olmasa-da, tergov bilan hamkorlik qilishga tayyorligini aytishgan.
Aleksandrovdan tashqari, ushbu ish bo‘yicha advokatlar Dina Kibets va Aleksandr Slivkoga, “Aeroflot” huquqshunoslik departamenti sobiq boshlig‘i Tatyana Davidovaga o‘ta katta miqdorda firibgarlik qilish ayblovi qo‘yilgan.
Tergov versiyasiga ko‘ra, Aleksandrov 2015-2016 yillarda aviakompaniya pullarini o‘g‘irlash maqsadida uyushgan guruh tarkibida harakatlangan holda advokatlar Slivko va Kibets bilan yuridik xizmat ko‘rsatish to‘g‘risida 4 ta shartnoma imzolagan. Aslida ushbu shartnomalar bo‘yicha ishlarni «Aeroflot» huquqshunoslik bo‘limi xodimlari bajarayotgan bo‘lishgan. Aleksandrov va Davidov bu shartnomalar bo‘yicha 2016-2018 yillarda advokatlar kollegiyasiga Slivko va Kibets tuzgan soxta akt bo‘yicha kamida 250 mln rubl o‘tkazib berishgan.
Aviakompaniyada ta’kidlanishicha, ushbu ish bo‘yicha tergov bilan hamkorlik qilinmoqda va hech qanday izoh berilmaydi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi