09:37 / 03.10.2019
6 402

Telefon oʻynab yotgan erkak uxlab qolib vafot etdi

Telefon oʻynab yotgan erkak uxlab qolib vafot etdi
Tailandning Chonburi shahrida erkak quvvatlanayotgan mobil telefonida oʻyin oʻynayotgan vaqtida uxlab qoldi va vafot etdi, deb yozadi Daily Mail.
25 yoshli Sastra Moin bir nechta mobil gadjetlarda koʻp foydalanuvchili oʻyin oʻynab yotgan. Telefonlardan biri quvvatlovchi uskunaga ulangan boʻlgan.

Ertasi kuni ertalab erkakning 57 yoshli xolasi uning jonsiz tanasini topib oladi. Uning qayd etishicha, Moim binafsha rangda boʻlib, uning chap qoʻli yonida yonib ketgan simli telefon boʻlgan. Ayol zudlik bilan uyni elektrdan uzib politsiyani chaqirgan.

Uning politsiyachilarga aytishicha, tailandlik doimo mobil telefonda oʻyin oʻynayotgan chogʻida uxlab qollgan.
Politsiya uning jasadini koʻzdan kechirib, unda zoʻrlik alomati yoʻqligini aniqlagan, oʻlimning sabab elektr toki urishi natijasida sodir boʻlgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Telefon oʻynab yotgan erkak uxlab qolib vafot etdi