18:07 / 03.10.2019
2 446

Fazoga ilk bor arab millatiga mansub fazogir parvoz qildi

Fazoga ilk bor arab millatiga mansub fazogir parvoz qildi
Oʻtgan haftada Birlashgan Arab Amirliklarining ilk fazogiri Xalqaro fazo stansiyasiga parvoz qildi.
35 yashar Hazzaa al-Mansuriy Qozogʻistondagi Boyqoʻngʻir kosmik stansiyasidan uchib ketdi. BAA qurolli kuchlari sobiq uchuvchisi Mansuriy amirliklarning ilk fazogiri hamda Xalqaro fazo stansiyasiga chiqarilgan ilk arabistonlikdir.

Muhammad Bin Rashid Fazo markazi xodimi Amir Al-Gʻafriy Mansuriyning parvozi BAAning fazoni oʻrganish boʻyicha orzu va niyatlariga erishish sari tashlangan ilk qadam ekanligini aytdi. U fazo stansiyasida sakkiz kun boʻlib, ushbu davr mobaynida turli tajribalarni oʻtkazadi.

Mansuriy oʻzi bilan Qurʼon nusxasi, BAA bayrogʻi, oilasi suratlari hamda Dubay shayxi Muhammad bin Rashid Al-Maqtum qalamiga mansub kitobni olib chiqdi.

BAA Mars orbitasiga uzoqdan boshqariladigan moslama yuborgan ilk arab davlati boʻlishga bel bogʻlagan. Shuningdek, mamlakat 2117-yilgacha Marsda ilk insonlar manzilgohini barpo etishni rejalashtirmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Fazoga ilk bor arab millatiga mansub fazogir parvoz qildi