17:42 / 03.10.2019
2 436

Donald Tramp Meksika bilan chegarani ilon va alligatorlar bilan «qurollantirish»ni taklif qildi

Donald Tramp Meksika bilan chegarani ilon va alligatorlar bilan «qurollantirish»ni taklif qildi
Foto: The New York Times
AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatning Meksika bilan chegarasini ilon va alligatorlar bilan «qurollantirish»ni taklif qildi. Bu haqda The New York Times'ga tayanib Daryo xabar berdi.
Nashrning qayd etishicha, bunday g‘oyani u mart oyida o‘tgan majlisda ilgari surgan.

Qayd etilishicha, o‘zaro suhbatlarda Tramp chegarani suvda yashovchi jonzotlar va sudralib yuruvchilar bilan kuchaytirish lozimligini aytib o‘tgan.
Bundan tashqari, u chegara devorlaridan tok o‘tkazib, tepadan «inson tanasini teshib yuboradigan» o‘tkir temirlar o‘rnatishni xohlagan.

So‘ng Tramp chegarachilarga tosh otadigan migrantlarning oyog‘idan o‘q uzishga ruxsat bergan. Unga ushbu harakat noqonuniy ekanligini tushuntirishgach, bu g‘oyadan voz kechishga to‘g‘ri kelgan.

Amerika rahbari, shuningdek, noqonuniy muhojirlarning harakatini sekinlashtirishi uchun oyoqlariga otish g‘oyasini ilgari surishga harakat qildi, ammo bunday taklif noqonuniy bo‘lib chiqdi.

Qayd etilishicha, Tramp yig‘ilish ishtirokchilariga baqirgan. U aynan muhojirlar oqimini kamaytirish haqidagi va’dasi tufayli saylovlarda g‘alaba qozongani, biroq atrofdagilar uni ommaga ahmoq sifatida ko‘rinishga majburlayotganini ham aytib o‘tgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Donald Tramp Meksika bilan chegarani ilon va alligatorlar bilan «qurollantirish»ni taklif qildi