Jamol Qoshiqchining vahshiyona o‘ldirilishi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

  • 03 oktyabr 2019, 22:28
  • 2 426
  • Dunyo
  • Jamol Qoshiqchining vahshiyona o‘ldirilishi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi
    Foto: Getty Images
    Turkiya maxsus xizmati jurnalist Jamol Qoshiqchi o‘ldirilgan Saudiya Arabistoni konsulligi binosiga maxfiy ovoz yozib olish qurilmalarini o‘rnatishga muvaffaq bo‘lgan. Ularda ushbu jinoyatga tayyorgarlik va qotillik rejasi yozib olingan. Ushbu ovoz yozuvlarini eshitgan kimsalar BBC’ga uning mazmuni haqida gapirib bergan.

    Britaniyalik advokat Helena Kennedining so‘zlariga ko‘ra, jurnalist binoga kelguniga qadar konsullikda bo‘lgan saudiyalik sud tibbiyot eksperti Saloh al-Tubeygiy musiqa shovqini ostida murdani yorishni yaxshi ko‘raman deb aytgan. Jumladan, «Hayotimda ilk bor murdani polda yoraman. Xatto qassob ham bo‘laklashda tanani osib qo‘yadi, degan», — deydi Kennedi. Shuningdek, advokat yozuvda Qoshiqchiga «hayvon o‘lja» deb nom berishganiga e’tibor qaratgan.

    Yozuvlardan jurnalistga Interpol’ning uni hibsga olishga ruxsatnomasi borligi va uning Saudiya Arabistoniga qaytishi zarurligi haqida aytishgani anglashiladi. Qoshiqchidan o‘g‘liga hammasi joyida ekani haqida SMS-xabar jo‘natish talab qilingan, ammo u bunga rozi bo‘lmagan.

    Suddan tashqari qotilliklar masalalari bo‘yicha BMT maxsus ma’ruzachisi Anes Kalampar jurnalist avvaliga o‘zini qanday qismat kutayotganligini anglamaganini qayd etdi. Qoshiqchi o‘zini o‘g‘irlab ketishlari yoki in’eksiya ukol qilishlari haqida so‘ragan. «Ushbu dialog ortidan kelayotgan shovqinlardan bu vaqtda uni bo‘g‘ishga urinayotganlarini bilish mumkin. Ehtimol uning boshiga paket kiydirishgandir. Jurnalistning og‘zini ham kuch bilan kaftlar yoki boshqa narsa bilan yopishgan», — deydi Kalamar.

    Avval Turkiyaning Sabah nashri 15 nafar tajovuzkorlar va qotillik qurboni Jamol Qoshiqchi o‘rtasidagi suhbat stenogrammasini e’lon qilgandi. Unga ko‘ra, jurnalistning so‘nggi so‘zlari: «Astmam bor. Bunday qilma, bo‘g‘ib o‘ldirib qo‘yasan», — bo‘lgan. Unga qadar jurnalist hushini yo‘qotgunicha og‘zini yopmaslikni so‘ragan. Yozuvlarda olishuv ovozlari, bo‘g‘ishni davom ettirish va buni yaxshilab qilish lozimligi haqida buyruqlar eshitiladi. Qoshiqchi halok bo‘lgach, uning tanasining bo‘laklanish ovozlari ham yozib qolingan.

    Jamol Qoshiqchi 2018 yilning 2 oktyabrida Istanbuldagi Saudiya bosh konsulligiga tashrifidan so‘ng binodan qaytib chiqmagandi. U bu yerga nikohini bekor qilish hamda turk ayoli bilan yangidan nikohdan o‘tish uchun hujjatlarni rasmiylashtirish masqadida borgan. Turkiya OAV huquqni muhafaza qilish va tergov organlaridagi manbalariga tayanib Qoshiqchining konsullik binosida qiynoqqa solingani va vahshiyona o‘ldirilganining dalillar borligi haqida xabar qilgan. Turkiya hukumat nashri Yeni Safak ovozli yozuvga asoslanib qiynoqlar vaqtida jurnalistning barmog‘i chopib olingani, yakunda boshi ham tanasidan judo qilinganini yozgan. Boshqa OAV ham ushbu yozuvga tayanib xabar tarqatgan, biroq turk hukumati dalillarni ommaga oshkor etmagandi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Jamol Qoshiqchining vahshiyona o‘ldirilishi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi