O‘zbekiston chegarasi yaqinida otishma yuz berdi

  • 03 oktyabr 2019, 23:15
  • 5 383
  • Dunyo
  • O‘zbekiston chegarasi yaqinida otishma yuz berdi
    Afg‘onistonning O‘zbekiston bilan chegaradosh Balx viloyati Sho‘rtepa tumanida tolibon mahalliy politsiyadan hokimiyatni tortib olishga harakat qildi. 1 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan to‘qnashuvlarda yaralanganlar, halok bo‘lganlar ham bor. Bu haqida Sof.uz nashri xabar bermoqda.

    Balx viloyati politsiya matbuot kotibi Munir Ahmad Farhodning aytishicha, voqea tolibon mahalliy politsiya idorasiga hujum qilgan. Biroq mahalliy kuchlar ular zarbasiga dosh bergan hamda tez orada yetib kelgan qo‘shimcha kuchlar natijasida politsiya ustunlikni o‘zida saqlab qolgan.

    Eslatib o‘tamiz, Sho‘rtepa Balx viloyati tarkibiga kiruvchi 15 tumandan biri bo‘lib, bevosita O‘zbekiston bilan chegarada joylashgan hisoblanadi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » O‘zbekiston chegarasi yaqinida otishma yuz berdi