11:49 / 04.10.2019
2 730

Bill Geytsning rafiqasi ayollar huquqlarini himoya qilish uchun 1 mlrd dollar sarfladi

Bill Geytsning rafiqasi ayollar huquqlarini himoya qilish uchun 1 mlrd dollar sarfladi
Foto: Google Images
Bill Geytsning rafiqasi Melinda 10 yil davomida AQShda gender tengligiga erishish uchun bir milliard dollar sarfladi. Bu haqda u Time jurnalidagi kolonkada ma’lum qildi, deb yozmoqda Daryo nashri.

O‘zining Pivotal Ventures kompaniyasi orqali Melinda Geyts ayollar imkoniyatlarini kengaytirish uchun innovatsion strategiyalarni amalga kiritadigan kompaniya va tashkilotlarga pul tikishni ko‘zlamoqda.

Xususan, Geyts ayollarning kasbiy o‘sishi va ularning ijtimoiy muhim sohalarda rivojlanishi yo‘lidagi to‘siqni bartaraf etish maqsadlari uchun mablag‘ ajratishni rejalashtirmoqda.

«Men ayollarni qaror qabul qiladigan, resurslarni nazorat qiladigan va siyosatni shakllantiradigan lavozimlarda ko‘rishni xohlayman. Ayollarning potensialiga investitsiya qilish kerak, deb hisoblayman» — deb ta’kidlagan Geyts.

2000 yilda Melinda Geyts turmush o‘rtog‘i bilan «Bill va Melinda Geyts jamg‘armasi»ga asos solgan. Jamg‘arma ijtimoiy, tibbiy va ta’lim loyihalarini, shuningdek, gender tengligi sohasidagi tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlaydi.

Avvalroq Forbes tomonidan e’lon qilingan AQShning eng boy kishilari ro‘yxatida Bill Geyts 106 milliard dollar bilan ikkinchi o‘rinni egallagan edi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Bill Geytsning rafiqasi ayollar huquqlarini himoya qilish uchun 1 mlrd dollar sarfladi