00:28 / 05.10.2019
3 476

Ukrainada samolyotning favqulodda qoʻnish chogʻida bir necha kishi halok boʻldi

Ukrainada samolyotning favqulodda qoʻnish chogʻida bir necha kishi halok boʻldi
An-12 samolyoti Lvov yaqinida favqulodda qoʻnish amalga oshirdi. Aviahalokat toʻgʻrisidagi xabar qutqaruvchilarga 4-oktyabr kuni tongda kelib tushgan.

Xabarda aytilishicha, samolyot qoʻnish chogʻida radar ekranlaridan yoʻqolgan. Tez orada layner uchish-qoʻnish yoʻlagidan 1,5 kilometr masofada avriyaviy qoʻnish amalga oshirgani maʼlum boʻlgan. Yongʻin kuzatilmagan, ekipaj aʼzolarini zarar yetgan samolyotdan yerga olib tushish choralari koʻrilmoqda.

Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, samoyot bortida sakkiz kishi boʻlgan. Maʼlumotlarga koʻra halok boʻlganlar bor. Hozirgacha besh nafar qurbon borligi aniq.

Avariyaviy qoʻnish yonilgʻi tugab qolganligi sababli amalga oshirilgan. Hozirda tergov ishlari boshlab yuborilgan. An-12 samolyoti Ispaniyaning Vigo shahridan Lvovga parvoz qilayotgan boʻlgan.

Hodisa joyida qidiruv-qutqaruv ishlari amalga oshirilmoqda.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainada samolyotning favqulodda qoʻnish chogʻida bir necha kishi halok boʻldi