07:03 / 05.10.2019
4 105

Insoniyat tarixidagi eng katta global halokat isbotlandi

Insoniyat tarixidagi eng katta global halokat isbotlandi
Foto: «Psinom»
Janubiy Afrikalik bir guruh olimlar 12,8 ming yil muqaddam Yerga kometa yoki asteroid urilgan degan taxminni tasdiqlovchi dalilni topishdi. Halokat iqlim o‘zgarishiga va hayvonlarning ko‘plab turlari qirilib ketishiga olib kelgan. Bu haqda «Phys.org» press-reliziga tayanib «Rambler» xabar bergan.

Tadqiqotchilar Limpopo provinsiyasida (JAR) torfli joydan olingan jins namunalarini tahlil qilishdi. Ular osmon jinslari tarkibida bo‘luvchi platinaning ham yuqori konsentratsiyasini aniqlashdi. Bu yerga kosmik ob’ekt — kometa yoki asteroid urilganini yana bir bor tasdiqlaydi. U Shimoliy Grenlandiyaga tushgan bo‘lishi mumkin. U yerda Gayavata muzliklari ostida diametri 31 kilometr va yoshi 12,8 ming yilga teng krater borligi aniqlangan.

Gipotezaga ko‘ra, osmon jinsining qulashi kechki driasda (mil.avv. 10 730 — 9700 y) vaqtincha sovuq tushishi bilan bog‘liq. Sayyoramiz atmosferasini chang va qurum qoplashi iqlim o‘zgarishini keltirib chiqargan. O‘sha davrga oid jinsda yuqori platina konsentratsiyasi, shuningdek, Grenlandiya, Yevrosiyo, Shimoliy Amerika, Meksika va Chilida topilgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Insoniyat tarixidagi eng katta global halokat isbotlandi