21:36 / 05.10.2019
3 099

Iroqdagi norozilik namoyishlari paytida 42 kishi halok boʻldi

Iroqdagi norozilik namoyishlari paytida 42 kishi halok boʻldi
Iroqda hukumatga qarshi namoyishlar chogʻida 42 kishi qurboni boʻlgan.
Avvalroq 33 kishi halok boʻlgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, OAV yuzlab jarohatlanganlar haqida xabar bergan.

Toʻqqiz yangi oʻlimning hammasi Nosiriya shahrida namoyishchilar bilan huquq-tartibot idoralari xodimlari oʻrtasida toʻqnashuvlar vaqtida boʻlgan.
Iroqliklar ishsizlik, hukumatning korrupsiyasi va past sifatli jamoatchilik xizmatlariga qarshi miting oʻtkazmoqda. Namoyishchilarning aksariyati yoshlardir. Aksariyat namoyishlar Bagʻdod va Iroqning janubida boʻlib oʻtmoqda.

Iroqdagi norozilik namoyishlari bir necha kun davom etmoqda. Seshanba kundan beri politsiya namoyishchilarni tarqatish uchun koʻzdan yosh oqizuvchi gaz va jonli oʻqlarni ishlatmoqda. Noroziliklar tufayli hukumat mamlakatning katta qismida Internetga kirishni cheklab qoʻydi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Iroqdagi norozilik namoyishlari paytida 42 kishi halok boʻldi