Masjidni portlatishga kelgan amerikalik musulmon bo‘ldi

  • 06 oktyabr 2019, 07:41
  • 2 515
  • Dunyo
  • Masjidni portlatishga kelgan amerikalik musulmon bo‘ldi
    Indiana shtatining Mansi shahrida yashaydigan Richard MakKinni 25 yil davomida AQSh armiyasida xizmat qilgan. Har safar Somali yoki Yaqin Sharqdan qaytganida “dushmanlar”ga nisbatan nafrati to‘lib-toshgan bo‘lardi.

    Kunlardan birida poyabzal do‘konida bir muslimani ko‘rib qolgan MakKini uni o‘sha yerning o‘zidayoq o‘ldirishni istadi, biroq o‘zini arang to‘xtatib qoldi. Keyin esa mahalliy masjidni portlatish rejasini tuzdi. Qo‘lbola bombani masjidga joylashtirib, o‘zi ko‘chaning narigi tomonida kuta boshladi.

    Hujumdan avval bombani tekshirish uchun masjidga kelgan sobiq harbiyni juda iliq kutib olishdi. Qo‘liga Qur’onni tutqazib, Islom haqida o‘zini qiziqtirgan har qanday savolni berishi mumkinligini aytishdi. MakKini juda hayratda edi, u masjidga qayta-qayta keldi va ikki oydan keyin Islomni qabul qildi.

    Colorado Sun nashrining yozishicha, Richard MakKinining hayoti haqida “Musulmonlarning sirli hayoti” deb nomlangan film suratga olingan.

    Manba: www.azon.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Masjidni portlatishga kelgan amerikalik musulmon bo‘ldi