Al Arabia telekanalining Iroq poytaxti Bag‘doddagi ofisiga niqoblarda bo‘lgan noma’lum kimsalar hujum qildi. Bu haqda telekanal saytida ma’lum qilindi.
Telekanal muxbirining ta’kidlashicha, ofis oldiga avtomobillarda kelgan o‘nga yaqin bosqinchi qora kiyimda va yuzlari niqob bilan yashirilgan holda bo‘lgan.
Ular telekanal ofisiga bostirib kirib, xodimlarni kaltaklashgan va qurilmalarni sindirishgan. Hujum oqibatida bir necha kishi jarohat olgan.
Muxbirning ta’kidlashicha, iroqlik politsiyachilar telekanal jamoasiga hujum vaqtida yordam berishdan bosh tortgan. Iroq mutasaddi shaxslari o‘z navbatida muxbirga hujum tafsilotlari tergov qilinayotganini aytishgan.
Muxbir telekanalning Bag‘doddagi bo‘limi oxirgi kunlarda tahdidlar olgani va Iroq xavfsizlik idoralaridan xodimlari xavfsizligini ta’minlashni so‘raganini ma’lum qilgan. Muayyan muddatga himoya taqdim qilingan, biroq mamlakatdagi norozilik namoyishlari sababli politsiyachilar boshqa binolarni himoyalash uchun kerak bo‘lgan.
Iroqda bir necha kundan beri norozilik namoyishlari davom etmoqda. Ular oqibatida oxirgi 5 kun ichida 100 kishi halok bo‘lgan, 4 mingga yaqin kishi yaralangan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Zelenskiyga ukrainaliklar haqida kutilmagan yangilik aytildi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Akademik Qodir G‘ulomov Qo‘shrabotda bo‘ldi
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
O‘zbekistonda o‘tgan uch oyda qancha avtomobil ishlab chiqarilgan?