12:57 / 06.10.2019
3 265

Zelenskiy: qahramonmi yoki sotqin?

Zelenskiy: qahramonmi yoki sotqin?
Foto: Google Photos
Ukraina prezidenti Rossiya bilan munosabatlarda davomli urushni to‘xtatishda muvaffaqiyatga erishgandir, ammo bir muammo borki, uning ayrim saylovchilari buni xiyonat sifatida baholamoqda, deb yozadi Daryo.uz nashrii.

Ukraina, Rossiya va qatnashuvchi taraflar sulh masalasida katta to‘siq bo‘lib kelayotgan Ukraina sharqidagi rusparast “xalq respublikalari”da saylov o‘tkazish va ularga muxtoriyat berish masalasida bitimga erishdi. Kiyev hukumati va Rossiya qo‘llayotgan ayirmachilar o‘rtasidagi urush besh yildan ko‘proq davom etyapti va bu urushda 13 mingdan ortiq odam halok bo‘ldi.

Bitimga muvofiq, saylov uchastkalari yopilishi bilan sharqiy viloyatlarda muxtoriyat to‘g‘risidagi vaqtincha qonun kuchga kiradi. Bu qonunga muvofiq, ayirmachilar va amaldorlarga sud ta’qibidan immunitet beriladi, rus tilining teng huquqlilik maqomi mustahkamlanadi, mahalliy o‘zini boshqarish organlariga politsiya tuzishga ruxsat beriladi, Ukraina hukumatiga urushdan keyingi tiklash ishlarini olib borishi majburiyati yuklanadi.

YeXHT saylov erkin va sof holda o‘tkazildi deb tan olsa, qonun kuchga kiradi va doimiy asosga ega bo‘ladi.
GFR prezidenti Shtaynmayyer nomi bilan atalgan bu reja tomonlar o‘rtasida yarashuv o‘rnatishga mo‘ljallangan.

Rossiya saylov va muxtoriyat berilishi o‘rtasidagi qisqa muddatdan Ukraina hukumati ayirmachilarni hibs etishda foydalanadi, deb xavfsiramoqda. Chunki bunday siyosat Rossiyaning hududdagi ta’sirini zaiflashtiradi.

Ukraina tarafi esa darhol muxtoriyat berilishi, Rossiyaga saylov o‘tkazish va uning natijalariga ta’sir qilish imkonini beradi. Bu esa Ukrainaning Yevropa Ittifoqi va NATOga a’zoligiga to‘sqinlik qilishi mumkin deb xavotirlanmoqda.

Zelenskiyning bunday nuqtai nazari uni sotqinlikda ayblashlariga sabab bo‘ldi. Pyotr Poroshenko bu kelishuvni “Kremlda o‘ylangan reja” deya baholadi. Poroshenko va unga xayrixoh doiralar nazdida, ayirmachi rusparast guruhlar qurolsizlantirilishi kerak va rus qo‘shinlari hududdan olib chiqib ketilganidan keyingina jarayon boshlanishi mumkin demoqda.

Zelenskiy esa 70 foiz qo‘llab-quvvatlovchilar dastagidan tanqidlarga dosh bera olishiga ishonayotganga o‘xshaydi.
O‘zidagi janjal bilan ovora bo‘lib qolgan AQSh Ukrainaga ma’qul har qanday shartlar asosida tinchlik o‘rnatishni istayotgan Germaniya va Fransiyaga qarshi bora olmaydi.

Fransiya prezidenti Makron muzokaralarda bitim muvaffaqiyatli kechishi uchun Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yumshatishni va’da qildi. Bu esa “normand uchrashuvi” yaqin kunlarda o‘tkazilishidan dalolat beradi.

Zelenskiy manfaatli asoslarda bitim tuza olishiga ishonar ekan, muxtoriyat to‘g‘risidagi qonun yangi variant ustida ish borayotganligini va rus qo‘shinlari hududdan olib chiqib ketilmaguncha mahalliy saylov bo‘lib o‘tmasligini aytdi. Bu rusparastlarni xushyor torttirdi. Zelenskiyning Shtaynmayyer formulasiga roziligi saylovni YeXHT o‘tkazishiga asoslangan.

Germaniya va Fransiya bitimni imzolanishini targ‘ib qilayotgan bo‘lsa-da, Zelesnkiyning qo‘rquvi muzokaralar to‘xtab qolishini anglatadi. Ustiga-ustak, Ukraina sharqining taqdiri hal bo‘layotgan bir paytda Qrim masalasi soya ostida qolmoqda. Agarda xalq Zelenskiy ruslarga yon berdi deb topgudek bo‘lsa, yosh prezidentning vakolati muddatidan oldin tugashi ehtimoli ham mavjud. Bu qanday yuz beradi, taxmin qilish mumkin. AQShning faol yordamisiz yosh prezidentga qiyin bo‘lishi tayin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Zelenskiy: qahramonmi yoki sotqin?