14:20 / 06.10.2019
3 107

Xitoy mudofaa borasida Rossiyaga tayanmoqdami?

Xitoy mudofaa borasida Rossiyaga tayanmoqdami?
Foto: Google Photos
Pekin oʻta zamonaviy raketalarini namoyish qilganidan bir necha kun oʻtib, Moskva Xitoy mudofaasini kuchaytirish rejalari haqida bong urmoqda, deb yozadi Daryo The Guardian nashriga tayanib.

Putin Xitoy hukumatiga ballistik raketalar hujumidan ogohlantirish tizimini yaratish borasida yordam berajagini eʼlon qildi.

Sovuq urush davridan beri bunday tizimlar faqat AQSH va Rossiyada bor edi. Bunday tizimlarga yer ustidagi radiolokatsion stansiyalar va orbitadagi sunʼiy yoʻldoshlar kiradi. Bunday tizim qatʼalararo raketalarni darhol aniqlash imkonini beradi. Payshanba kuni xalqaro munosabatlarga bagʻishlangan konferensiyada Putin Xitoyga tizimni yaratishda koʻmak berishini va bu Xitoy mudofaa tizimini tubdan yaxshilashini eʼlon qildi.

Bunday bayonot sobiq kommunistik raqiblar oʻrtasidagi munosabatlar tobora yaxshilanib borayotganidan dalolat.
Iyun oyida Xitoy rahbari Si Putin eng yaqin doʻsti ekanligini va bu doʻstlikni oʻta qadrlashi haqida gapirgan edi.

Putinning bayonoti internet sahifalarida turli izohlarni yuzaga keltirdi. Tarmoq foydalanuvchilaridan ayrimlar buni yaxshi kutib olgan boʻlsa, ayrimlar Rossiyaning bunday yordami Xitoyga kerak emasligini taʼkidladi. Ayrimlarning nazarida, “Rossiya yana maqtana boshladi. Ehtimol. Bu rus madaniyati bilan bogʻliqdir. Ammo Xitoy bunday maqtanmagan boʻlardi”, deb yozdi bir ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi.

Xitoy Xalq Respublikasi tashkil etilganining 70 yillik yubiley paradida Xitoy hukumati gipertovushli raketalarini namoyish qildi. Mutaxassislar nazarida, AQSHda mazkur raketalarga qarshi turadigan hech qanday kuch yoʻq. Nazariy jihatdan olib qaraganda, FD-17 raketasi tovushdan bir necha barobar tez uchadi, manyovr qila oladi va undan himoyalanish favqulodda murakkab.

Avgust oyida Xitoy va Rossiya AQSHni yangi qurollanish poygasiga start berganlikda ayblab chiqqan, oʻsha kezlarda AQSH yaqin va uzoq masofaga uchadigan raketalarni taqiqlash borasidagi bitimdan chiqishi ortidan “Tomagavk” rusumli uchoq asosiga qurilgan 500 kilometr masofaga uchib nishonga uradigan raketasini sinovdan oʻtkazgan edi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri oʻrinbosari Sergey Ryabkov bu sinovni qoralagan, Xitoy tomoni ham AQSHni tanqid qilib, bu xalqaro va mintaqaviy xavfsizlik uchun salbiy oqibatlarga olib kelishi borasida ogohlantirgan edi.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Xitoy mudofaa borasida Rossiyaga tayanmoqdami?