Foto: topwar.ru
Qirg‘iziston harbiy prokuraturasi Qozog‘istonda o‘tgan harbiy mashg‘ulotlar vaqtida uchta jangovar raketa yo‘qotilgani bo‘yicha ish ochdi.
Xabar qilinishicha, «Sarishagan» harbiy-dala poligonida bo‘lib o‘tgan qo‘shma mashg‘ulotlar vaqtida Qirg‘iziston harbiylari uchta raketani yo‘qotib qo‘yishgan. Ushbu mashg‘ulotga Qirg‘iziston armiyasi zenit-raketa brigadasi S-125 va S-75 rusumli sakkizta raketa olib kelgan edi.
«Sakkizta raketadan beshtasi otilgan, ammo uchtasi go‘yoki yo‘qotilgan. Mana shu uchta raketa qaytarib olib kelinishi kerak edi, ammo yo‘lda yo‘qotib qo‘yilgan. Ayni vaqtda bu holat bo‘yicha harbiy prokuratura ish boshladi», deyiladi xabarda.
Qirg‘iziston harbiy kuchlari bosh shtabi tomonidan bu ma’lumot inkor etilmoqda. Rasmiy ma’lumotda aytilishicha, Qozog‘istonda o‘tgan harbiy mashg‘ulot vaqtida ba’zi harbiy aslahalar nosoz holatda bo‘lgan.
«Har bir qurol-yarog‘ mashg‘ulot davomida tekshiriladi. Ulardan bir nechtasi shubha uyg‘otgan edi, shu sababli yo‘q qilingan. Bu haqda dalolatnoma tuzilgan», — deyiladi rasmiy bayonotda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi