08:53 / 07.10.2019
2 858

Olimlar global epidemiya holatida eng xavfsiz davlatlarni ma’lum qilishdi

Olimlar global epidemiya holatida eng xavfsiz davlatlarni ma’lum qilishdi
Olimlar global epidemiya oqibatida yuz beradigan “oxir zamon”ni qayerda xavfsiz o‘tkazish mumkinligini ma’lum qilishdi. Bu haqda Science Alert portali xabar berdi.

Otago universiteti professori Nik Uilsonning fikricha, biotexnologiyalar sohasidagi kashfiyotlar insoniyat uchun xavfli irsiy loyihalangan pandemiyaning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin.

Olimning ta’kidlashicha, global epidemiya yuz berishi holatida omon qolishga imkoniyatlar bo‘lmasligi mumkin. Agar inson falokat vaqtida kerakli joyda bo‘lsa, tirik qolishga imkoniyatlari sezilarli oshishi mumkin.

Olim buning misoli tariqasida infeksiya tarqalishidan tabiiy yo‘sinda holi bo‘lgan orolni keltirgan.

Olimlar bunday epidemiya sharoitida ishonchli boshpana bo‘lishi mumkin bo‘lgan 20 ta davlatdan iborat ro‘yxatni tuzishdi. Ularning fikricha, bu davlatlar orasida eng xavfsizlari Avstraliya, Yangi Zelandiya va Islandiya bo‘lishi mumkin.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Olimlar global epidemiya holatida eng xavfsiz davlatlarni ma’lum qilishdi