11:43 / 07.10.2019
3 409

Avstraliyada uzum ichida ignalar aniqlandi

Avstraliyada uzum ichida ignalar aniqlandi
Foto: Facebook /Chloe Shaw
Avstraliyaning Melburn shahridagi supermarketlardan birida sotib olingan uzumda ignalar aniqlandi. Bu haqda 9News portaliga tayanib Kun.uz xabar berdi.

Portal ma’lumotlariga ko‘ra, ignalar Melburnning Kerolayn-Spring tumanidagi supermarketda sotib olingan uzumda topilgan. Bu oxirgi oy ichida shunday uchinchi holatdir. 23 sentyabrda politsiya qulupnayda ignalar topilgani bo‘yicha tergovni boshlagan.

Ma’lum qilinishicha, voqea oqibatida hech kim jabrlanmagan, biroq qulupnayda igna topgan ayollardan biri oshqozoniga igna bo‘laklari tushganini istisno qilish maqsadida shifoxonada tunni o‘tkazishiga to‘g‘ri kelgan.

Avstraliya politsiyasi 2018 yil sentyabrda mevalar ichida igna aniqlanishi bilan bog‘liq bir nechta shunday holatni tergov qilgandi. Mamlakatning 6 ta shtatida qulupnayda ignalar aniqlangan. Ushbu jinoyatni sodir etishda qulupnay fermalaridan birida ishlagan 50 yoshli Mi Ut Chin aybdor deb topilgan. Hozirda ayol sud hukmini kutmoqda.

2018 yil 20 sentyabrda hukumat ushbu jinoyat uchun jazo muddatini 10 yildan 15 yilgacha oshirgan. Avstraliya qishloq xo‘jaligi vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu inqiroz oqibatida qishloq xo‘jaligi tarmog‘i 160 mln Avstraliya dollari (115,8 mln dollar) miqdorida zarar ko‘rgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstraliyada uzum ichida ignalar aniqlandi