14:30 / 07.10.2019
3 106

Belarus prezidenti oʻgʻil tarbiyasida “kamar”ga urgʻu berdi

Belarus prezidenti oʻgʻil tarbiyasida “kamar”ga urgʻu berdi
Foto: “RIA Novosti”
Aleksandr Lukashenko harbiy poligonga borganida jurnalistlarga bolalikda oʻgʻlini qanday jazolaganini aytdi, deb yozadi “Xabar” nashri “RIA Novosti”ga tayanib.
— Yaxshi kamar baʼzan bola uchun foydali. Viktor, katta oʻgʻil boʻlgani uchun koʻpincha mendan oladiganini olgan, — deydi Lukashenko.

Davlat rahbarining soʻzlariga koʻra, Dmitriy — oʻrtancha oʻgʻli — buni koʻrib, yuvosh tortgan. Kichik oʻgʻli Nikolayni esa Lukashenko umuman jazolamagan.
— Chunki u bunga zarurat qoldirmagan, — deb taʼkidlaydi prezident.

Umuman olganda, Belarus yetakchisi bolalarni jazolash tarafdori emasligini, lekin baʼzi vaziyatlarda boshqa iloji qolmasligini tan olgan.

Davlat rahbarining taʼkidlashicha, Belarus oʻz hayotini barpo etishda va farzandlarini tarbiya qilishda Gʻarb formulasiga emas, slavyan anʼanalari hamda hayotiy tajribalariga tayanadi.

— Ularda (Gʻarbda — tahr.) hademay oila boʻlmaydi: erkak erkakka uylanadi yoki turmushga chiqadi. Hech kim bola tugʻmay qoʻyadi. Biz esa oiladagi qandaydir axloq qoidalarini ulardan oʻzlashtiryapmiz, — deydi Lukashenko.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Belarus prezidenti oʻgʻil tarbiyasida “kamar”ga urgʻu berdi