Qirolicha farmoni bilan. Boris Jonson qachon ishdan ketishini aytdi

  • 07 oktyabr 2019, 16:14
  • 946
  • Dunyo
  • Qirolicha farmoni bilan. Boris Jonson qachon ishdan ketishini aytdi
    Foto: «RIA Novosti»
    Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson Qo‘shma Qirollikni Yevropa ittifoqidan chiqarish bo‘yicha Bryussel bilan kerakli bitimga erisha olmagan taqdirida ham kursisini bo‘shatib qo‘ymoqchi emas. Bu haqda «The Sunday Times» hukumatdagi manbalariga asoslanib xabar berdi.

    Shu xabarga ko‘ra, bosh vazir qachonki qirolicha Yelizaveta II shaxsan bo‘shatmasa, ishdan ketmas ekan.
    «Politsiya Dauning-strit 10 ga, bosh vazirni hibsga olish to‘g‘risidagi order bilan kelmas ekan, u ketmaydi», — deyilgan xabarda.

    Parlamentariylar quyi palata spikeri Jon Berkou bosh vazir bo‘lishini istashmoqda. Ammo u ko‘pchilik ovozni olishi ehtimoli juda past.
    Tereza Mey o‘rniga ushbu lavozimni egallagan Boris Jonson, xoh bitim, xoh bitimsiz bo‘lsin, Buyuk Britaniya 31 oktyabr kuni Yevropa ittifoqi a’zoligidan chiqib ketishini ta’kidlagandi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Qirolicha farmoni bilan. Boris Jonson qachon ishdan ketishini aytdi