10:00 / 08.10.2019
3 585

Novosibirskdagi bozorda ommaviy mushtlashuv yuz berdi

Novosibirskdagi bozorda ommaviy mushtlashuv yuz berdi
Foto: «KP.ru»
Novosibirsk politsiyasi Sibirdagi eng yirik meva-sabzavot bozori bo‘lgan Xiloksk bozorida yuz bergan ommaviy mushtlashuvdan keyin 50 kishini qo‘lga oldi. Bu haqda Daryo xabar bermoqda.

Guvohlar bozor hududida otishma ovozi eshitilganini bildirgan. Mojarodan so‘ng bu yerga OMON va SOBR jangchilari yetib kelgan, GIBDD xodimlari esa harakatni to‘xtatgan.

Mushtlashuv ikki savdogarning o‘zaro janjali tufayli boshlangani aytilmoqda. Ulardan biri ikkinchisiga ombor ijarasi uchun to‘lashni istamagan, bundan alamzada bo‘lgani esa pul undirishga qurolli barzangilarni yo‘llagan.

Ma’lum qilinishicha, hodisa oqibatida «Gazel» va Infiniti mashinalari yongan, 5 kishi rezina o‘qlaridan jarohatlangan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Novosibirskdagi bozorda ommaviy mushtlashuv yuz berdi