12:30 / 08.10.2019
3 684

Moskvada «Putinning dafn marosimi»ini o‘tkazmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi

Moskvada «Putinning dafn marosimi»ini o‘tkazmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi
Foto: New9
Moskvadagi Kutuzov katta ko‘chasida politsiya xodimlari uch nafar muddatsiz norozilik faollarini qo‘lga oldi, deb xabar beradi Daryo nashri.
Qo‘lga olingan faollar Rossiya prezidentining tug‘ilgan kuni munosabati bilan «Putinning dafn marosimi» norozilik aksiyasini o‘tkazishni rejalashtirgan.

Faollar bilan birga «MBX media» muxbiri Nikita Maslovskiy ham qo‘lga olingan. Nashr tomonidan e’lon qilingan videoda qo‘lga olingan shaxslar yonida tobutni ham ko‘rish mumkin.

«MBX media» muxbirining so‘zlariga ko‘ra, politsiyachilar nima sababdan faollar va jurnalist qo‘lga olinganini aytmagan. Maslovskiy huquq-tartibot xodimlariga press-kartasi va nashrning topshirig‘ini ko‘rsatgan, biroq uni baribir qo‘lga olishgan.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Moskvada «Putinning dafn marosimi»ini o‘tkazmoqchi bo‘lganlar qo‘lga olindi