Buyuk Britaniyada 54 yoshli fuqaro dalaning o‘rtasida bronza davriga oid oltindan yasalgan bilaguzuk topib oldi. Bu haqda «Daily Mail»ga asoslanib "Xabar" nashri yozmoqda.
Uaytxevenlik (Uels) tibbiyot xodimi Billi Vogan ishdan bo‘sh vaqtlarida sevimli hobbisi — metall qidirgich bilan dalada har xil narsalar izlashni yaxshi ko‘radi. Shu paytgacha tayinli narsa topmagandi. Bu safar esa rosmana omadi chopdi.
Vogan bronza davrida yasalgan tilla bilaguzuk topib oldi. Avvaliga o‘zi ham ishonmadi, shunchaki bu alpinistlarning ilgagi deb ham o‘yladi. Yo‘q, sof oltin ekan.
Dastlabki xomcho‘tlarga ko‘ra, to‘rt ming yillik tarixga ega bu taqinchoqning narxi 11 ming funt sterling (13,5 ming dollar atrofida)dan boshlanadi. Biroq, qonunga muvofiq, xazinani topgan odam avval uni sotib olishni so‘rab muzeyga murojaat qilishi yoki o‘rganishlari uchun olimlarga topshirishi kerak.
Agarda muzey uchun topilma «qimmatlik» qilsa va sotib olmasa, bilaguzukni nima qilish haqida Billi Vogan bir qarorga kelgani yo‘q. “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Futzal. Osiyo Kubogi. Tojikiston Yaponiyani guruhda qoldirdi
Shveysariya prezidenti Putinga maktub yo‘lladi
HAMAS yetakchisi: Isroil Rafahga kirsa, Falastin xalqi oq bayroqni ko‘tarmaydi
Zohida Umarova nima sababdan o‘g‘li va kelini bilan birga yashamasligini aytdi
Olimlar o‘quvchilarning familiyasidagi bosh harf ularning bahosiga ta’sir qilishini aniqladi
AQSHning Suriyadagi harbiy bazasiga raketalar hujum qildi