To‘yda selfi tushaman deb to‘rt kishi halok bo‘ldi

  • 08 oktyabr 2019, 18:48
  • 3 296
  • Dunyo
  • To‘yda selfi tushaman deb to‘rt kishi halok bo‘ldi
    Foto: AP
    «Times of India» yozishicha, Hindistonda to‘rt kishi selfimaniya qurboni bo‘ldi.
    Politsiya xabariga ko‘ra, voqea kecha, 7 oktyabr kuni Tamilnad shtatidagi to‘g‘on yonida sodir bo‘lgan.

    Aniqlanishicha, kelin-kuyov — Nivedita va Praxba hamda ularning qarindoshlari — Kanita, Snexa, Uvarani va Santosh to‘g‘onning yonginasida birga selfi-suratga tushmoqchi bo‘lgan. Nimadir bo‘lib, kuyovdan boshqa hammasi suvga yiqilib ketgan. Praxbu suvga sakrab kelinchakni qutqarib qolgan, qolgan to‘rt kishi cho‘kib ketgan.

    Foto: Aththa Withthi
    Keyinchalik jasadlar topilib, o‘likxonaga yuborilgan. Hodisa yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » To‘yda selfi tushaman deb to‘rt kishi halok bo‘ldi